14 Iyun 2022 1552

Dzyudochilarimizning moʻgʻul diyoriga boradigan tarkibi maʼlum

24-26-iyun kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mazkur turnirda ishtirok etadigan jamoamiz tarkibini eʼlon qildi.

Tarkibda Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov, shuningdek, Olimpiada qatnashchilari Diyora Keldiyorova, Sardor Nurillayev, Gulnoza Matniyazova, uzoq tanaffusdan soʻng tatamiga qaytayotgan Bekmurod Oltiboyev kabi yetakchilar qatori bir nechta yosh vakillarimizni ham uchratish mumkin. Toʻliq tarkib:

-60 kg: Kemran Nurillayev
-66 kg: Rahimjon Subhonov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova

Text to speech