FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2022 2482

Ajoyib! Qilichbozlarimiz ilk bor Osiyo chempionati finalida!

Koreya Respublikasining Seul shahrida qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun shpaga dasturida jamoaviy yoʻnalishda bellashayotgan yigitlarimiz ilk bor qitʼa birinchiligi finaliga yoʻl olishdi.

Musobaqani Quvayt ustidan qozonilgan gʻalaba bilan boshlagan yigitlarimiz chorak finalda Qozogʻiston, yarim finalda tarkibi Tokio-2020 chempionlaridan iborat Yaponiya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratishdi. Endi ular oltin medallar uchun mezbonlarga qarshi bahs olib borishadi.

Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati
Erkaklar, jamoaviy shpaga

Saralash: Oʻzbekiston – Quvayt 45:27
Chorak final: Oʻzbekiston – Qozogʻiston 42:40
Yarim final: Oʻzbekiston – Yaponiya 36:35
Final: Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi

Jamoamiz tarkibi: Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov, Javohir Nurmatov.

Qayd etish joiz, shu tariqa qilichbozlik sportida oʻzbekistonlik atletlar ilk bor Osiyo chempionati finaliga yoʻl olishmoqda. Bunga faqat Roman Aleksandrov 2014-yil bronza medaliga sazovor boʻlgan. Boʻlajak final dasturida ham yigitlarimizdan gʻalaba kutib qolamiz!

Text to speech