FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Iyun 2022 2430

Slalomchilarimiz xalqaro yigʻinga joʻnab ketishdi

Slalomda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bugun xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Pragaga yoʻl oldi. Chexiya poytaxtida olib boriladigan mashgʻulotlar 30-iyunga qadar davom etadi.

Ushbu yigʻin joriy yilning 19-31-iyul kunlari Germaniyaning Augsburg shahrida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Yigʻinga aynan Praga shahri tanlab olinishiga sabab u yerdagi kanal boʻlajak dunyo birinchiligi oʻtadigan havza bilan oʻxshash. Shu bois koʻplab mamlakat vakillari qatori hamyurtlarimiz ham Chexiyada tayyorgarlik bosqichini olib borishadi. Yigʻinga yoʻl olgan tarkibimiz:

С1: Alibek Temirgaliyev, Abubakr Bukanov
K1: Jonibek Temirgaliyev, Barkamol Mirzahamdamov.
Bosh murabbiy: Rustam Roʻziyev
Murabbiy: Izzatilla Rahmatullayev
Xalqaro mutaxassis: Pavel Smirnov

Text to speech