FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Iyun 2022 2367

Tatyana Mamatqulova hamda Saida Mahmudovani tabriklaymiz

Bugun Oʻzbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Tatyana Mamatqulova hamda stol tennisi boʻyicha taniqli murabbiy Saida Mahmudova tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Tatyana Abdurahmonovna Mamatqulova 1963-yil 12-iyun kuni tugʻilgan. 1994-2013, 2014-2018-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida federatsiya boshqaruv sohasidan tashqari xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan koʻplab baydarkachilarni tarbiyalagan. 2018-yildan Oʻzbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. Koʻplab isteʼdodli shogirdlarni tarbiyalab bergani uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasiza xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Saida Mahmudova 1984-yil 12-iyun kuni Toshkentda tavallud topgan. Uzoq yillar davomida avval yoshlar, soʻng kattalar jamoasida Osiyo oʻyinlari va qitʼa chempionati, jahon chempionati kabi musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qilib kelgan. Uzoq yillar Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi sifatida faoliyat yuritdi. Sportimiz rivojiga qoʻshgan hissalari uchun davlatimiz tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bugun tugʻilgan kunini nishonlayotgan Tatyana Mamatqulova hamda Saida Mahmudovani tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech