FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Iyun 2022 3038

Oʼzbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov 65 yoshda!

Bugun nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyoti, balki sport sohasida ham rivojlanishida ulkan hissa qoʼshib kelayotgan davlat va jamoat arbobi Quvondiq Sanoqulov tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Quvondiq Sanoqulovich Sanoqulov 1957 yil 12 iyunь kuni tugʼilgan. Toshkent politexnika institutini tugatgan yosh metallurg keyinchalik texnika fanlar doktori, Oʼzbekiston Qahramoni darajasiga koʼtarildi. Quvondiq Sanoqulovich Olmaliq va Navoiydagi kon-metallurgiya kombinatlarida rahbar, tuman hokimi, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Hozirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, Oliy Majlis Senatori, Oʼzbekiston suzish federatsiyasi raisi sifatida ishlamoqda. Yurtimiz taraqqiyotiga qoʼshgan hissasi uchun “Doʼstlik” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, "Oʼzbekiston Qahramoni" faxriy unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan. 

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Quvondiq Sanoqulovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech