Bir oʻyinchi kam boʻlib harakat qilgan yoshlarimiz irodali gʻalaba bilan yarim finalga yoʻl olishdi
Mamlakatimizda oʻtayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi chorak final doirasidan oʻrin olgan ikkinchi bahs yakunlandi. Unda Iroq U23 jamoasiga qarshi maydonga chiqqan hamyurtlarimiz penaltilar seriyasida gʻalaba qozonishdi.
Birinchi taymning dastlabki daqiqalarida 1 kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, Temur Kapadze shogirdlari butun bahs davomida ajoyib oʻyin namoyish etishdi. Asosiy va qoʻshimcha daqiqalarda 2:2 hisobi qayd etilgach, gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. “Lotereya”da omad biz tomonda boʻldi va yarim finalga yoʻl oldik.
Futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi, chorak final
Oʻzbekiston 2 – 2 Iroq (pen. b.: 3:2)
Gollar: Jasur Jaloliddinov 45+6 ʻ, X.Ammar (avtogol) 50 ʻ – Ramazan Vaka 19 ʻ Ammar Gʻolib 68 ʻ
Endi Olimpiyachilarimiz yarim finalda Koreya Respublikasi va Yaponiya jamoalari oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi toʻqnash kelishadi. Ushbu bahs 15-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.