FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Iyun 2022 2290

Murodjon Xolmurodov 40 yoshda!

Bugun velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Murodjon Xolmurodov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Murodjon Xolmurodov 1982-yil 11-iyun kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida dunyoga kelgan. Koʻp yillar davomida nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2013-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatining ikki karra gʻolibi, 2011 va 2019-yilgi qitʼa birinchiliklari sovrindori. Sportchimiz 2018-yil Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida shosseda oʻtkazilgan individual vaqt poygasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. London-2012 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida shossedagi guruh poygasi dasturlarida ishtirok etgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech