FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Iyun 2022 2807

IJF mutasaddilari jahon chempionatiga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirishdi

Ma’lumki, 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Sakkiz kun davomida dunyoning eng kuchli dzyudochilari «Humo Arena» tatamilarida jahon chempionati medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun o‘zaro bellashadilar. Ayni paytda yurtimizda ilk bor tashkil etilayotgan bo‘lajak dunyo birinchiligiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.

Xususan, bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) mutasaddilari jahon chempionati o‘tkaziluvchi «Humo Arena»ni ko‘zdan kechirishdi. IJF bosh referi direktori Armen Bagdasarov va tashkilot Sport qo‘mitasi kotibi Abdulla Muradov asosiy bellashuvlar hamda mashg‘ulot o‘tkaziladigan zal, kiyinish-yechinish xonalari, matbuot anjumani, flesh intervyu uchun mo‘ljallangan mikst-zona va musobaqaga xizmat qiladigan boshqa ob’ektlar bilan yaqindan tanishishdi.

IJF mutasaddilari O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshida tuzilgan Ishchi guruhga o‘z tavsiyalarini berishdi.

Text to speech