8 Iyun 2022 1347

Qoraqalpogʻiston sporti Sportni rivojlantirish vaziri nigohida

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirishi vaziri Adham Ikramov boshchiligidagi Ishchi guruh hududlarda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishda davom etmoqda.

Navbatdagi manzil Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlib, tashrif doirasida hududda sportni rivojlantirish borasida erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda sohada mavjud kamchiliklar ham atroflicha tahlil qilindi.

Oʻrganishlar davomida joriy yil 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan masʼullar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif davomida bu yerda tahsil olayotgan yosh sportchilar bilan muloqot tashkil etildi. Vazir ular bilan samimiy suhbatlashib, yosh kadrlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni oʻrgandi.

Eslatib oʻtamiz, vazir boshchiligidagi ishchi guruh bungacha Xorazm, Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga ham tashrif buyurib, hududlarda sport sohasi rivojiga qaratilayotgan eʼtibor va yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishgan edi.

Text to speech