FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Iyun 2022 2993

Oʻzbekiston oʻz guruhida birinchi oʻrin bilan chorak finalga yoʻl oldi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi mamlakatimizda oʻtkazilayotgan U23 Osiyo kubogi guruh bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Soʻnggi turda Eronga qarshi bahs olib borgan yoshlarimiz 1:1 hisobini qayd etishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Otabek Joʻraqoʻziyev hisobni ochishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi boʻlimda bor eʼtiborini hujumga qaratgan eronliklar 62-daqiqada oʻz maqsadlariga yetishishdi. Gol muallifi Ariya Yusufiy. Oʻyinning qolgan qismida darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi va jamoalar oʻz hisoblariga 1 ochkodan qoʻshib qoʻyishdi.

U23 Osiyo kubogi
Oʻzbekiston 1 – 1 Eron
Gollar: Otabek Joʻraqoʻziyev 22ʻ – Ariya Yusufiy 62ʻ

Shu tariqa, “A” guruhida 7 ochko jamgʻargan Temur Kapadze shogirdlari 1-oʻrin bilan chorak finalga yoʻl oldilar. Maʼlum qilganimizdek, yigitlarimiz yarim final chiptasi uchun 11-iyun kuni Iroq jamoasini magʻlub etishi kerak.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda qolayotib, ajoyib kambek uyushtirgan Turkmaniston 4 ochko toʻplagan holda 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ularning chorak finaldagi raqibi “В” guruhi gʻolibi Avstraliya boʻladi.

Text to speech