FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Iyun 2022 3093

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi rahbari tanishtirildi

Sportni rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga yangi bosh direktor tayinlanishi munosabati bilan yigʻilish oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdushukur Sadikov Milliy antidoping agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Nodirjon Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Yigʻilishni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov olib bordi. Unda Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosarlari Shahrullo Mahmudov, Abdullo Aslonov va Murod Ismoilov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Vazirlik mutasaddilari, Milliy antidoping agentligi hamda sport federatsiya va assotsiatsiyalarining masʼullari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga Milliy antidoping agentligi yangi bosh direktori Abdushukur Sadikov tanishtirildi.

Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov ushbu agentlik mustaqil faoliyat olib borishi, shu bilan birga agentlik sport federatsiya va assotsiatsiyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerakligini alohida taʼkidladi.

Yigʻilishda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham oʻz fikrlarini bildirib, nufuzli musobaqalar oldidan sportchilarda doping boʻyicha muammolar boʻlmasligi lozimligini aytib oʻtdi.

Oʻz navbatida, agentlikning yangi rahbari Abdushukur Sadikov bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishga va ish faoliyatini samarali tashkil etishga vaʼda berdi.

Maʼlumot uchun, Abdushukur Sadikov bungacha 2018-2022-yillar davomida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori sifatida ishlagan.

Text to speech