7 Iyun 2022 1405

Akademik eshkak eshuvchilarimiz xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor boʻlishdi

1-6-iyun kunlari Rossiyaning Moskva shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha “Katta regata” turniri boʻlib oʻtdi. Unda mezbonlardan tashqari Belarus, Serbiya, Armaniston va Oʻzbekiston terma jamoalari bahs olib borishdi.

Musobaqada katta tarkibda ishtirok etgan jamoamiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Turnirda sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilar roʻyxati:

Oltin medal:
LM1x: Sobir Safaroliyev
LM2x: Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov
LM4x: Sobir Safaroliyev, Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov, Samir Roziqov
W4x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Nargiza Joldasbayeva, Rayxona Safarova

Kumush medal:
M4-: Sardor Toʻlqinxoʻjayev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev
M8+: Doston Bahriyev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, Davr Davronov, Anatoliy Krasnov, Farruh Oblokulov (yoʻlboshchi)
M4x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov, Abdullo Muxammadiyev

Bronza medal:
M4-: Doston Bahriyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, Oʻktam Davronov
M2x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev
LW2x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova.

Text to speech