FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Iyun 2022 3873

Abbos Atoyevni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek boksining yaqin oʻtmishdagi yulduzi, Buxoro farzandi Abbos Atoyev oʻz tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Abbos Atoyev 1986-yilning 7-iyunida Buxoro viloyati Vobkent tumanida tugʻilgan. Boks boʻyicha 2007 va 2009-yillarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarining oltin medal sohibi. Shuningdek, u 2007-yilda Osiyo chempionati gʻolibi boʻlgan. 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida kumush medal, 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ushbu natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bokschimizni bugungi ayyom bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech