6 Iyun 2022 1833

Uch nafar yosh dzyudochimiz Yevropa ochiq chempionatida sovrindor boʻldi

Avstriyaning Gras shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida Yevropa ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Qizlarimizdan Halimajon Qurbonova (-48 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg), shuningdek, yigitlarimizdan Jahongir Mamatrahimov (-90 kg) turnirda bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

Musobaqada ishtirok etgan terma jamoamizning boshqa vakillaridan Muhammadqodir Mansurov (-100 kg) va Islombek Ravshanqulov (+100 kg) 5-oʻrinni band etgan boʻlsa, Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) 7-oʻrin bilan kifoyalandi.

Text to speech