5 Iyun 2022 1795

Kurashchilarimiz Qozog‘istonda o‘tgan reyting turnirida 16 ta medal qo‘lga kiritishdi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida sport kurashlari bo‘yicha reyting musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Jahon va Olimpiada chempionlarini o‘zida jamlagan mazkur turnirda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz tarkibida “klassik” kurashchimiz Abror Atabayev yagona oltin medalga mualliflik qildi. -67 kg vazn toifasida porlagan yosh vakilimizni g‘oliblik yo‘lida hech bir raqib to‘xtata olmadi.

Qayd etish joiz, musobaqa biz uchun bir qator yangi nomlarni kashf etib bergan bo‘lsa, Ixtiyor Navro‘zov, Bekzod Abdurahmonov kabi Olimpiada sovrindorlariga bu gal biroz omad yetishmadi. Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz:

Yunon-rum kurashi
Oltin medal:
-67 kg: Abror Atabayev

Bronza medal
55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
60 kg: Muhammadqodir Yusupov
72 kg: Mahmud Baxshilloyev
87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
97 kg: Rustam Assakalov

Ayollar kurashi
Kumush medal:
-50 kg: Jasmina Immayeva
-55 kg: Shohida Ahmedova

Bronza medal:
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva
-57 kg: Laylo Sobirova
-65 kg: Ariuxan Jumabayeva

Erkin kurash
Kumush medal:
-65 kg: Abbos Rahmonov

Bronza medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-70 kg: Zafarbek Otaxonov
-97 kg: Magomed Ibragimov
-86 kg: Bobur Islomov

Text to speech