4 Iyun 2022 692

Nikolas Kordova: “Endi bor eʼtiborimizni keyingi oʻyinga qaratamiz”

Qatar va Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoalari oʻrtasidagi “A” guruhi 2-tur uchrashuvidan soʻng qatarliklar bosh murabbiyi Nikolas Kordova uchrashuv haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Uchrashuv boshida kiritilgan tezkor gol barcha rejalarimizni oʻzgartirib tashladi. Oʻzbekiston bugun haqiqatda kuchli oʻynadi. Uzun paslar va boʻsh zonalardan foydalanishda raqiblarimiz ustunlik qilishdi. Gollarning ketma-ket kiritilishi ham har tomonlama salbiy taʼsir oʻtkazdi. Bugun mezbonlar ajoyib uchrashuv oʻtkazdilar. Futbolda shunday oʻyinlar ham boʻlib turadi. Endi bor eʼtiborimizni keyingi hal qiluvchi bahsga qaratamiz. Unda bor kuchimizni berib gʻalaba qozonishga, pley-off bosqichiga chiqishga harakat qilamiz, – dedi qatarliklar murabbiyi.

– Uchrashuv davomida deyarli har bir aniq zarba gol boʻldi. Bunda darvozaboningizni ayblaysizmi?

– Yoʻq, bunday demagan boʻlar edim. Bu bir oʻyinchiga bogʻliq boʻlmagan vaziyat. Maydonda nima sodir boʻlgan boʻlsa, barchasida qolgan oʻyinchilarning taʼsiri bor.

Text to speech