FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Iyun 2022 2615

Stol tennischilarimiz Osiyo chempionatiga saralash turnirida 4 ta medal qoʻlga kiritishdi

Qozogʻistonning Olma-ota shahrida stol tennisi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatiga yoʻllanmasi beruvchi musobaqa boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari qatnashgan turnirda terma jamoamiz 4 ta medalga sazovor boʻlib, qizlar terma jamoamiz Osiyo chempionatining final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Turnirda qizlarimiz oʻzlarining ajoyib ishtiroklari bilan yodda qolishdi. Jamoaviy dasturda finalgacha yetib borgan sportchilarimiz faqatgina mezbonlarga hal qiluvchi bosqichda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Shunday boʻlsa ham ular joriy yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan qitʼa birinchiligi yoʻllanmasini ijobiy hal qildilar.

Shuningdek, yigitlarimiz jamoaviy dasturda, Marhabo Magdiyeva hamda Shohruh Iskandarov yakkalik yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining maʼlum qilishicha, reglamentda faqatgina finalchilar qitʼa birinchiligining hal qiluvchi bosqichiga yoʻllanma olishi belgilangan. Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

Kumush medal:
Qizlar oʻrtasida jamoaviy bahs (Marhabo Magdiyeva, Asel Erkebayeva, Mehriniso Norqulova, Norjon Giyazova)

Bronza medal:
Yigitlar oʻrtasida jamoaviy bahs (Shohruh Iskandarov, Javohir Ismatov, Nikita Ponov, Damir Jusbanov);
Marhabo Magdiyeva (yakkalik);
Shohruh Iskandarov (yakkalik).

Foto: Qozogʻiston stol tennisi federatsiyasi

Text to speech