FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyun 2022 1402

Muhriddin Tilovov bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berdi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” tasnifiga kiruvchi musobaqaning birinchi kuni oʻz yakuniga yetib bormoqda. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Muhriddin Tilovov (-66 kg) beshinchi natijani qayd etdi.

Bronza medali uchun kurashda vakilimizga yaponiyalik Ryoma Tanaka raqib boʻldi. Butun bahs davomida har tomonlama ustunlik qilgan Tanaka dastlab vazari, soʻng ippon bahosini qoʻlga kiritib, bellashuv taqdirini oʻz foydasiga hal qildi.

Ushbu natija Tilovovga jahon reytingi uchun 360 ochkoni taqdim etadi. Bu orqali yangi haftada oʻz oʻrnini (76) ancha yaxshilab oladi.

Text to speech