3 Iyun 2022 1301

Bokschi qizlarimiz uchun oʻtkazilgan psixologik seminar ularda katta taassurot qoldirdi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sportchilarimizni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdan taqari ular uchun turli seminarlar tashkil etib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati Yangiobod bazasida yigʻin oʻtkazayotgan bokschi qizlarimiz ishtirokida ruhiy tayyorgarlik mazusida oʻtkazildi.

Seminar Markazning tajribali psixologlari Zilola Quvvatova, Dilfuza Ismoilova hamda Akobir Abdullayev tomonidan olib borildi.

“Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzolari uchun oʻtgan mazkur trening ulardagi ruhiy tayyorgarlikni oshirishga, bu boradagi zarur bilim-koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan edi. Trening koʻtarinki kayfiyatda va samarali oʻtdi deb oʻylaymiz. Zero mashgʻulot yakunida bokschi qizlarimizdan olingan iliq fikrlar bunga bizni ishontirdi. Asosiysi, ularni professional sportda ruhiy tayyorgarlikning oʻrni muhimligiga ishontirdik va shu yoʻnalishda ular uchun eng zarur tavsiyalarni berdik”, – deydi Markaz psixologi Akobir Abdullayev.

Bundan avval yangicha metodika asosidagi seminar yengil atletika va eshkak eshish boʻyicha terma jamoamiz bilan oʻtkazilgan edi. Rejaga koʻra, oldinda yana koʻplab jamoalarimiz bilan bu kabi treninglar tashkil etish koʻzda tutilgan.

Text to speech