FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyun 2022 2869

Tokio-2020 ishtirokchilari Yevropada shohsupaga koʻtarilishdi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Darya Reznichenko hamda Safina Saʼdullayeva Yevropada oʻtkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Jumladan, Safina Saʼdullayeva Fransiyada oʻtgan kumush darajadagi “Meeting international dʻathlétisme de Montreuil” turnirida balandlikka sakrash dasturida 1,86 metr natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.

Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Katerina Tabashnik (Ukraina) – 1,89 metr
2. Safina Saʼdullayeva (Oʻzbekiston) – 1,86
3. Liya Apostolovski (Sloveniya) – 1,86

Yana bir tajribali atletimiz Darya Reznichenko Avstriyada “Raiffeisen Austrian Open” musobaqasida uzunlikka sakrash sektorida uchinchi natijani qayd etdi.

Uzunlikka sakrash, ayollar:

1. Jogayle Petrokayte (Litva) – 6,47 metr
2. Lariso Yapichino (Ukraina) – 6,40
3. Darya Reznichenko (Oʻzbekiston) – 6,37

Text to speech