FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Iyun 2022 1832

Ahmet Agamuradov: “Oʻzbekiston bizdan kuchli boʻldi va haqli gʻalabaga erishdi”

Futbol boʻyicha Turkmaniston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ahmet Agamuradov Oʻzbekistonga qarshi Osiyo kubogi 1-tur uchrashuvdan soʻng tashkil etilgan matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Raqib jamoani qoʻlga kiritgan gʻalabasi bilan tabriklayman. Futbolda kuchli jamoa yutadi. Bugun Oʻzbekiston bizdan kuchli boʻldi va haqli gʻalabaga erishdi. Ha, mezbonlar taktik jihatdan yaxshi edi. Toʻliq uchrashuv davomida deyarli xatoga yoʻl qoʻymadik. Birgina penalti va birgina zarba barchasini hal qildi. Keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq oʻyin koʻrsatib, kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Yigitlarimning bugungi oʻyini bilan faxrlanaman”, – dedi Ahmet Agamuradov.

Text to speech