1 Iyun 2022 1583

Malik Babayev va yana ikki nafar futbol fidoyisiga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi

Uzoq yillar mamlakatimiz sporti rivojiga hissa qoʻshgan faxriylar doimo eʼtiborda. Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi bugun ana shunday 3 nafar fidoyini taqdirladi. MOQda oʻtgan tadbirda Kengash raisi Bahodir Maxsitov va bir guruh faxriylar ishtirok etishdi.

Unda MOQning sobiq rahbari, hozirda Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Malik Babayev, shuningdek, futbol fidoyilari Aziz Alimov hamda Geliy Sogonov rasman sportimiz faxriylari qatoriga kiritildi. Bahodir Maxsitov har uch mutaxassisga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonini topshirar ekan, ularning koʻp yillik samarali mehnati uchun alohida minnatdorchilik bildirib oʻtdi.

Oʻz navbatida, faxriylarimiz koʻrsatilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun tashakkur aytib, bundan keyin ham mamlakatimiz sporti rivoji yoʻlida yordam berishga tayyor ekanlarini bildirishdi.

Text to speech