FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 May 2022 2416

Temur Kapadze: “Turnirga aʼlo darajada tayyorgarlik koʻrdik”

1-19-iyun kunlari Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Bugun musobaqadan avval “A” guruhi jamoalarining murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirok etdi.

«Yurtimizda bunday musobaqa oʻtkazilayotganidan xursandmiz. Turnirga aʼlo darajada tayyorgarlik koʻrdik. Oʻylaymanki, chempionat yaxshi darajada oʻtadi. Mehmonlarga ham omad tilayman. Ertaga qiziq oʻyin boʻladi. Osiyo kubogining final bosqichida oson raqib boʻlmaydi. Bunday bosqichga faqat kuchlilar keladi. Ertangi bahsga tayyormiz va unga kerakli rejalarimiz bor. Oʻylaymanki, hammasi biz oʻylagandek kechadi. Albatta, har bir jamoa turnirda gʻalaba qozonishni maqsad qiladi. Buning birinchi navbatda guruhdan chiqish lozim. Shuning uchun hozir bor eʼtiborimizni pley-off bosqichiga qaratamiz» – dedi Temur Kapadze.

 

Eslatib oʻtamiz, ertaga Osiyo kubogining “A” guruhi 1-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va Turkmaniston jamoalarining oʻyini soat 20:30 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi.

Text to speech