31 May 2022 1464

Taekvondochilarimiz Gran-pri, dzyudochilarimiz “Katta dubulg‘a” turniriga joʻnab ketishdi

Joriy yilning 3-5 iyun kunlari Italiyaning Rim shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri, Gruziyaning Tbilisi shahrida esa dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yirik turnir bo‘lib o‘tadi. Bugun tongda har ikki musobaqada ishtirok etadigan terma jamoalarimiz Yevropa safariga yo‘l olishdi.

Qayd etish joiz, taekvondo Gran-prisida terma jamoamiz ilk bor 8 nafar sportchi bilan qatnashadi. Jamoamiz Rim safariga quyidagi tarkibda jo‘nab ketdi:

Sportchilar:
Ulug‘bek Rashitov
Niyaz Po‘latov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich
Shohruh Rajabov
Svetlana Osipova
Charos Qayumova
Feruza Sadikova

Rasmiylar:
Pavel Xan
Paxlavon Sobirov
Aleksandr Kim
Maksim Rafalovich
Vladimir Xan
Jasur Boyqo‘ziyev
Pavel Li
Stanislav Dogbayev

Tbilisi “Katta dubulg‘a” musobaqasida dunyoning 38 mamlakatidan 300 nafarga yaqin dzyudochi g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun quyidagi 13 sportchini jalb qilgan:

Sportchilar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov, Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Bobur Vadjiyev
-73 kg: Obidxon No‘monov, Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Ulug‘bek O‘roqov
-90 kg: Bahodir Panjiyev, Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov
Murabbiylar: Ilias Iliadis, Ulug‘bek Azizov

Text to speech