30 May 2022 1126

Italiya ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paoloning taklifiga binoan Rim shahrida 89-bor tashkil etilgan “CSIO Piazza di Siena - Master fratelli dʼInzeo” turnirida mehmon boʻldi.

Bahromjon Gaziyev safar doirasida qator rasmiy uchrashuvlar oʻtkazdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paolo, Federatsiya Bosh kotibi Simone Perillo, Italiyada ot polosini rivojlantirish boʻlimi va ushbu sport jihozlari, anjomlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya mutasaddilari bilan istiqbolli rejalarni muhokama qildi.

Muzokaralardan tomonlarning hamkorligini yanada kuchaytirish, shuningdek, yilqichilik, ot sporti va polo boʻyicha sohadagi ilgʻor hakam va murabbiylarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish kabi mavzular oʻrin oldi.

Yuqori sifatli anjomlardan foydalanish ot sportida ham katta natijalarga erishishda ahamiyatli jihatlardan biri hisoblanadi. Bu borada sifatli kiyim va poyafzal ishlab chiqaruvchi “Loro Piana” va “DeNiro BootCo”, xavfsizlik uzangilari ishlab chiqaruvchi “SAFE RIDING” kabi brend mutasaddilari bilan ushbu kompaniya tovarlarini mamlakatimiz bozorlariga kiritish boʻyicha hamkorlik rejalari belgilandi.

Text to speech