FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 May 2022 3012

Ilhomjon Tursunaliyevni tabriklaymiz!

Bugun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti rahbari, professor Ilhomjon Tursunaliyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ilhomjon Ahmedovich Tursunaliyev 1971-yil Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan. 1996-yil Fargʻona Davlat universitetining Jismoniy tarbiya yoʻnalishini tamomladi. Shundan soʻng viloyat BOʻSMda turli lavozimlarda, 2006-2015-yillar Fargʻona OZKda direktor sifatida samarali faoliyat koʻrsatdi. 2015-yildan beri Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti rahbari sifatida ishlab kelmoqda. Ilhomjon Ahmedovich 2021-yil Jismoniy tarbiya oʻqitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ilhomjon Tursunaliyevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech