30 May 2022 1562

Bokschi yigitlarimiz Qirgʻizistondagi xalqaro musobaqada birinchi boʻlishdi

Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻz nihoyasiga yetdi. Unda Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Xitoydan 130 nafardan ortiq bokschi ishtirok etdi.

Turnirda asosan yoshlar jamoasi vakillari bilan qatnashgan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻardi. Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi. Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz shohsupaga koʻtarilgan:

Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-67 kg: Lazizbek Fattoyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-92 kg: Diyorbek Oʻrolov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-51 kg: Abdumajid Mannopov

Bronza:
-71 kg: Kamronbek Turgʻunboyev
-63,5 kg: Gʻofurjon Tohirov
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev

Shuningdek, qizlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin:
-48 kg: Marjona Savriyeva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova

Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-54 kg: Nozimaxon Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva

Bronza:
-66 kg: Xadichabonu Abdullayeva.

Text to speech