FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 May 2022 2442

Dmitriy Shokin 30 yoshda!

Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Dmitriy Shokin tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Dmitriy Aleksandrovich Shokin 1992-yil 30-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U taekvondo WT boʻyicha mustaqil Oʻzbekiston tarixida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan (2015-yil) ilk va yagona sportchimiz hisoblanadi. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Shokin faoliyati davomida ikki bor Osiyo oʻyinlarining kumush medali qatorida koʻp karra qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Dmitriy Shokinni bugungi tugʻilgan kuni bilan tabriklaydi va unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech