29 May 2022 2116

Olma-otadagi reyting musobaqasida kurashadigan qizlarimizning ham tarkibi aniq

2-5-iyun kunlari Qozogʻistonning Olma-ota shahri mezbonlik qiladigan sport kurashlari boʻyicha reyting turnirida hamyurtlarimizning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi erkin va yunon-rum kurashidan soʻng ayollar kurashi dasturida gilamga chiqadigan atletlarimiz roʻyxatini maʼlum qildi. Ahamiyatlisi, ushbu yoʻnalishda ham hozirda oʻz vaznining yetakchisi boʻlib turgan kurashchi qizlarimiz tarkibga jalb qilingan. Batafsil:

50 kg: Jasmina Immayeva
53 kg: Aktenge Keunimjayeva
53 kg: Dilshoda Matnazarova
55 kg: Shohida Ahmedova
57 kg: Layloxon Sobirova
59 kg: Dilfuza Aimbetova
62 kg: Rushana Abdurasulova
65 kg: Ariuxan Jumabayeva
65 kg: Dinora Rustamova
72 kg: Svetlana Oknazarova

Murabbiylar - Adhamjon Ochilov, Nurlan Jaksalikov

Text to speech