FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 May 2022 2783

Reyting turnirida qatnashadigan “klassik” kurashchilarimizning ham tarkibi maʼlum

Xabar berganimizdek, 2-5-iyun kunlari Qozogʻistonning Olma-ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha reyting turniri boʻlib oʻtadi. Murabbiylar shtabi erkin kurash dasturidan soʻng yunon-rum kurashi boʻyicha musobaqada ishtirok etadigan tarkibimizni ham maʼlum qildi.

Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining taʼkidlashicha, jarohati sabab 130 kg vazn toifasidagi kurashchimiz, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Moʻminjon Abdullayev reyting turnirini oʻtkazib yuboradi. Tarkibda Ilhom Bahromov, Jalgasbay Berdimuratov, Rustam Assakalov kabi nomdor sportchilarni uchratish mumkin. Terma jamoamiz tarkibi:

55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
60 kg: Muhammadqodir Yusupov
60 kg: Ilhom Bahromov
67 kg: Abror Atabayev
72 kg: Mahmud Baxshilloyev
72 kg: Jamol Jumaboyev
77 kg: Dilshod Omongeldiyev
82 kg: Muhammadqodir Rasulov
87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
97 kg: Rustam Assakalov

Murabbiylar: Ravshan Roʻziqulov, Islom Shodmonov

Text to speech