FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 May 2022 2430

Erkin kurashchilarimiz Olimpiada sovrindorlari bilan reyting musobaqasida ishtirok etishadi

2-5 iyun kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri bo‘lib o‘tadi. Dunyo kurashi yulduzlari ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham har uch yo‘nalishda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Xususan, erkin kurash bellashuvlarida terma jamoamizning 10 nafar a’zosi musobaqa medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun bahs olib boradi. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Bekzod Abdurahmonov, Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov singari tajribali erkin kurashchilarimiz bor.

Erkin kurashchilarimizning tarkibi:

65 kg: Abbos Rahmonov
65 kg: Umidjon Jalolov
70 kg: Zafarbek Otaxonov
74 kg: Ixtiyor Navro‘zov
74 kg: Asomiddin Hasanov
86 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Bobur Islomov
97 kg: Magomed Ibragimov
97 kg: Muhammadrasul Rahimov
125 kg: Sardorbek Xolmatov

Murabbiylar - Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboyev

Text to speech