27 May 2022 1677

Surxondaryolik dzyudochilar O‘zbekiston kubogining birinchi kunidan so‘ng yetakchilikni qo‘lga olishdi

Polvonlar yurti Surxondaryoda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. “Alpomish” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqaning birinchi kunida yengil vazn toifasidagi bahslar o‘tkazildi.

Kunning eng qiziqarli bahsi -66 kg vazn toifasining final bellashuvi bo‘ldi, deyish mumkin. Unda g‘alaba uchun mezbonlarning ushbu vazndagi eng kuchli polvoni Behruz Amandavlatov va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalchisi Artyom Shturbabin to‘qnash kelishdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Amandavlatovning qo‘li baland keldi. Birinchi kunning barcha sovrindorlari:

Ayollar:
-48 kg:
1. Marjona Salohitdinova (Surxondaryo)
2. Mashhura Azimova (Andijon)
3. Fotimaxon Tursunboyeva (Namangan)
3. Gulshoda Xalilova (Toshkent shahri)

-52 kg:
1. Zuhra Ma’murjonova (Andijon)
2. Iroda Azimova (Toshkent shahri)
3. Muhayyo Ahmatova (Qashqadaryo)
3. Ulug‘oy Mamarajapova (Surxondaryo)

-57 kg:
1. Iroda Mamashayeva (Surxondaryo)
2. Maftuna Adahamova (Andijon)
3. Yulyana Maxsetbayeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Dilfuza Ibraimova (Toshkent viloyati)

Erkaklar
-60 kg:
1. Bahrom Botirov (Buxoro)
2. Kamoliddin Baxtiyorov (Qashqadaryo)
3. Nasrillo Shokirov (Toshkent shahri)
3. Azizbek Ashurov (Samarqand)

-66 kg:
1. Behruz Amandavlatov (Surxondaryo)
2. Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)
3. Otabek Hasanov (Navoiy)
3. Abdurahim Nutfullayev (Toshkent viloyati)

Text to speech