FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 May 2022 2296

Anvar Ilyasovni tabriklaymiz!

Bugun yurtimiz Olimpiya harakatining faol ishtirokchilaridan biri, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining yaqin hamkori, professional fotograf Anvar Ilyasov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Anvar Ilyasov 1964-yil 26-may kuni dunyoga kelgan. Professional fotograf sifatida delegatsiyamiz bilan 6 ta yozgi Olimpiya oʻyinlarida (Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012, Rio-2016, Tokio-2020), shuningdek, 5 ta Osiyo oʻyinlari (Pusan-2002, Doxa-2006, Guanchjou-2010, Incheon-2014, Jakarta-2018), Buenos-Ayres-2018 oʻsmirlar Olimpiadasi, sport kurashlari, (Toshkent-2014, Nur-Sultan-2019), boks (Olma-ota-2013), dzyudo (Parij-2011) boʻyicha jahon chempionatlarida, 2018-yil Rossiya yashil maydonlarida oʻtgan futbol mundialida ham ishlagan.

Atletlarimizning ana shunday yirik musobaqalardagi eng yorqin lahzalari muhrlangan suratlarning aksariyati ushbu fotograf ijodiga mansub. Anvar Ilyasov 2015-yil “Oltin qalam” Milliy mukofotida “Eng yaxshi fotograf” nominatsiyada gʻolib boʻlgan. Shuningdek, oʻsha yili Rossiyada oʻtgan “Energiya Pobed-2015” xalqaro tanlovida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2016-yil FILA (hozirgi UWW) tashkilotining maxsus sovriniga loyiq koʻrilgan. Sohada erishgan muvaffaqiyatlari evaziga davlatimiz tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Anvar Ilyasovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech