26 May 2022 1426

Roksana Xudoyorova Gretsiyadagi turnirda qitʼamizning mavsumdagi ikkinchi natijasini qayd etdi

Gretsiyaning Kalifeya shahrida yengil atletika boʻyicha bronza musobaqalar tasnifidagi “Filahtlitikos Kallithea” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, Olimpiada va jahon chempionlari ishtirok etgan musobaqada hamyurtimiz Roksana Xudoyorova ham qatnashdi.

21 yoshli atletimiz unda oʻzining sevimli uch hatlab sakrash dasturida startga chiqdi. Yurtdoshimiz urinishlari davomida 13.68 metr natija qayd etib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi. Qayd etish joiz, bu koʻrsatkich uch hatlab sakrash dasturida Osiyo vakilalari orasidagi ikkinchi natija boʻldi.

Yengil atletika boʻyicha “Filahtlitikos Kallithea” turniri
Uch hatlab sakrash, ayollar:

1. Tori Franklin (AQSH) – 14.34
2. Oksana Koreneva (Gretsiya) – 13.94
3. Tugʻba Danishmas (Turkiya) – 13.89 ...
5. Roksana Xudoyorova (Oʻzbekiston) – 13.68

Text to speech