25 May 2022 2249

Darya Reznichenko Chexiyada gʻalaba qozondi

Chexiyaning Turnov shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada oʻz omadini sinab koʻrgan hamyurtimiz Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Tokio-2020 ishtirokchisi 6 urinishdan barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Beshinchi imkoniyatda qayd etgan 6.16 metr natija uni musobaqa gʻolibiga aylantirdi. Qayd etish joiz, bu Reznichenko uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkich boʻldi. Turnirda u bilan bellashgan hech bir raqibalari 6 metrdan uzoqqa sakray olishmadi. Batafsil:

Yengil atletika boʻyicha xalqaro xotira turniri, Chexiya
Uzunlikka sakrash, ayollar:

1. Darya Reznichenko (Oʻzbekiston) – 6.16 metr
2. Mixaela Kucherova (Chexiya) – 5.91
3. Natalya-Viktoriya Xamula (Ukraina) – 5.79

Text to speech