24 May 2022 1291

Ogʻir atletikachilarimizning Turkiyadagi yigʻini qizgʻin pallada

Xabar qilganimizdek, ayni kunlarda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Kuniga 2 mahal olib borilayotgan mashgʻulotlar oʻzining qizgʻin pallasiga kirgan.

Ushbu yigʻin sportchilarimizni joriy yil Turkiyaning boshqa bir shahri Konyada oʻtadigan Islom birdamligi oʻyinlariga tayyorlash yoʻlida muhim bosqich hisoblanadi. Shu bois, murabbiylar shtabi mashgʻulotlarda atletlarimizning maxsus texnik tayyorgarliklarini kuchaytirishga eʼtibor qaratgan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining muddati kechiktirilgach, sport turlari boʻyicha terma jamoalarimiz Konyada oʻtadigan yilning eng muhim kompleks musobaqasiga asosiy tarkib bilan jiddiy tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Antalya yigʻinida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev va boshqa nomdor polvonlarimizdan iborat 15 nafar sportchi ishtirok etyapti.

Text to speech