FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 May 2022 2944

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov 60 yoshni qarshi olmoqda.

Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov 1962-yil, 24-may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Uzoq yillik faoliyati davomida Toshkent shahar hokimi, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi sifatida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga ulkan hissa qoʻshgan.

Hozirda Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rustam Shoabdurahmonovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech