24 May 2022 1843

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 61 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Abdulla Nigmatovich Aripov 1961-yil 24-may sanasida Toshkentda tavallud topgan. Mamlakatimizning har tomonlama yuksalishi, Yangi Oʻzbekistonning yangi marralarni zabt etishi, xalqaro maydonda oʻz pozitsiyalarini kun sayin mustahkamlab borishida u kabi jonkuyar va fidoiy oʻzbek oʻgʻlonlarining xizmatlari beqiyos.

Jumladan, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash, sohani taraqqiy ettirish, yoshlar orasida yanada ommalashtirishda Abdulla Nigmatovichning xizmatlari alohida eʼtirofga sazovor. Bular eng avvalo, atletlarimizning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlarida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumatimizning bevosita qoʻllab-quvvatlashi bilan hozirda terma jamoalarimiz yirik xalqaro musobaqalarga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda. Oʻzbekiston Olimpiya oilasi Prezidentimizga kamarbasta boʻlib, yurtimizda ommaviy sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, professional sportga yordam berish borasida ish olib borayotgan hukumatimiz rahbariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi.

Fursatdan foydalanib, Abdulla Nigmatovichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda unga uzoq umr, sihat-salomatlik va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi

Text to speech