24 May 2022 1356

Bokschilarimiz katta tarkibda Qirg‘izistonga yo‘l olishdi

24-29 may kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz vakillari katta tarkibda ishtirok etadi. Tarkibda Osiyo o‘yinlari finalchisi Shunqor Abdurasulov, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionlari Abdulaziz Abdupattayev, Jahongir Zokirov, shuningdek, qizlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni Nigina O‘ktamova hamda kuni kecha Turkiyada yakunlangan ayollar o‘rtasidagi JCh ishtirokchilarini uchratish mumkin. To‘liq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Gʻofurjon Tohirov
-67 kg: Lazizbek Fattoyev
-71 kg: Kamronbek Turg‘unboyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Diyorbek O‘rolov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-54 kg: Nozima Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-66 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Text to speech