FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 May 2022 2352

Terma jamoamiz “JAR”da Osiyo chempionatiga so‘nggi tayyorgarlikni boshladi

1-19 iyun kunlari mamlakatimiz 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston U23 terma jamoasi “JAR” stadionida musobaqadan oldin so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. 

Yig‘in 28 mayga qadar davom etadi. Bosh murabbiy Temur Kapadze unga Parij-2024 Olimpiadasi uchun tayyorlanayotgan avlod vakillarida 30 nafar o‘z chizig‘idagi eng kuchli yigitlarni jalb qilgan. Tarkibda MTJga jalb etilayotgan “Nasaf” klubi o‘yinchilari Abduvohid Ne’matov, Husayn Norchayev, qolaversa, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Odilbek Abdumajitov, Jasur Jaloliddinov kabi legionerlar, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov kabi o‘z klubida yorqin o‘yin namoyish etayotgan yigitlarni uchratish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak musobaqada yoshlarimiz Turkmaniston, Qatar va Eron vakillari bilan bir guruhdan joy olishgan.

Text to speech