FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 May 2022 2696

Oʻzbek boksi tarixida yangi sahifa ochgan jamoamiz kutib olindi

Turkiyaning Istanbul shahri 9-20-may kunlari boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Unda munosib ishtirok etib, ayollar boksida ilk bor medallarga sazovor boʻlgan qizlarimiz tunda yurtimizga qaytib kelishdi.

Elshod Rasulov boshchiligidagi jamoamizni Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari Islov Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qarshi olishdi. Shuningdek, bokschilarimizning yaqinlari, OAV va koʻp sonli muxlislar ham ushbu tadbirda jam boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa ayollar boksidagi dunyo birinchiligida qoʻlga kiritilgan ilk medallar bilan tarixda qoldi. Murosasiz janglarda Aziza Yoqubova -50 kg, Mohira Abdullayeva +81 kg vazn toifalarida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, yana 3 nafar vakilamiz yarim final ostonasigacha yetib borib, mamlakatimizda ayollar boksi jadal rivojlanib borayotganini koʻrsatishdi.

Text to speech