21 May 2022 1314

Dzyudochilarimiz Samarqandda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishishdi

Ilias Iliadis murabbiyligidagi dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Samarqand shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, yigʻin Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu mashgʻulotlar sportchilarimizga kelasi oy Gruziya va Moʻgʻulistonda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turnirlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Yigʻin 30-mayga qadar davom etib, unga 30 nafarga yaqin dzyudochi jalb etilgan. Ular orasida Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov, qolaversa, Sharofiddin Boltaboyev, Shahram Ahadov, Alisher Yusupov kabi asosiy tarkib aʼzolari qatori zaxira vakillarini ham uchratish mumkin. Mashgʻulotlarda asosan sportchilarning texnik koʻnikmalarini kuchaytirishga eʼtibor qaratilgan.

Terma jamoamizning mashgʻulotlari oʻtgan yili foydalanishga topshirilgan 7-umumtaʼlim maktabi hududidagi yangi va zamonaviy dzyudo zali hamda Samarqand OZKda oʻtmoqda.

Text to speech