FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 May 2022 2815

Yengil atletikachilarimiz uchun ruhiy tayyorgarlikni kuchaytirish boʻyicha trening oʻtkazildi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi psixologlari Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasida boʻlib, milliy terma jamoa sportchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan trening oʻtkazdilar.

Unda xalqaro maydonlarda ulkan yutuqlarga erishishda ruhiy jihatning ahamiyati tushuntirilib, atletlar mavzu boʻyicha ayrim tayyorgarlik usullari bilan tanishtirildi. Tadbir sportchilarimizda katta qiziqish uygʻotdi. Bunday yoʻnalishdagi treninglar keyinchalik barcha terma jamoalarimizda davom etadi.

Suhbat davomida sportchilarimiz mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.

Text to speech