21 May 2022 1236

Yosh merganlarimiz Andijonda kuch sinashishmoqda

Ayni kunlarda Andijon shahrida joylashgan “Doʻstlik” sport majmuasida kamondan otish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa hozir ayni qizgʻin pallaga kirdi.

Chempionatda mezbonlardan tashqari Fargʻona, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yosh merganlar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Hozirga kelib barcha dasturlarda medallar uchun kurash olib boruvchi sportchilar nomi maʼlum boʻldi. Bugun ishtirokchilar yakkalik va mikst dasturida oltin medallar uchun maydonga chiqishadi.

Text to speech