Yosh chavandozlarimiz mamlakat birinchiligida o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi
17-19 may kunlari "UNIVERSAL JUMPING AGRO" ot sporti klubida konkur bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Respublika birinchiligiga yurtimizning barcha viloyatlaridan yosh chavandozlar tashrif buyurishdi. Sportchilar g‘oliblik uchun bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishdi. Turnirning dastlabki kunida uch yo‘nalishda kuchlilar saralandi:
1-yo‘nalish, 110 sm:
1. Firdavsbek Davronbekov, “Hokim” laqabli otda.
2. Musajon Tohirjonov, “Rizotta”.
3. Boburjon Valijonov, “Samira”.
2-yo‘nalish, 120 sm:
1. Miryoqub Ismoilov, “Hokim”.
2. Fayojon Faxritdinov, “Hisobot”.
3. Fayojon Faxritdinov, “Alis G”.
3-yo‘nalishda 125 sm:
1. Omarbek Sharipov, “Giatris”.
2. Temur Azizov, “Furina Fan de Fiarat”.
3. Ashrafxon Ne’matov, “Miss Meby”.
Ikkinchi kun bellashuvlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:
1-yo‘nalish, 115 sm:
1. Boburjon Valijonov, “Samira”,
2. Boburjon Valijonov, “Abaja Dos Dorados”,
3. Muhamadrasul Sobirjonov, “Lasetti”.
2-yo‘nalish, 120 sm:
1. Lochinbek Tohirjonov, “Quinted Geye”.
2. Elina Akramova, “Vilbot”.
3. Aksinya Bolotova, "Karida".
3-yo‘nalish, 130 sm:
1. Temur Azizov, “Ileksta”.
2. Omarbek Sharipov, “Giatris”.
3. Temur Azizov, "Furina Fan De Fiarat".
Musobaqaning so‘nggi kun dasturlarida qayd etilgan natijalar:
Bolalar, 120 sm:
1. Boburjon Valijonov, “Abaja Dos Darados”.
2. Boburjon Valijonov, “Samira”.
3. Abdulaziz Izatullayev, “Oq dog‘”.
O‘smirlar, 130 sm:
1. Lochinbek Tohirjonov, “Quinted G”.
2. Sofiya Li, “Leffe”.
3. Aksinya Bolotova, "Karida".
Yoshlar,140 sm:
1. Temur Azizov “Ileksta”.
Uch kunlik bellashuvlar yakunida Boburjon Valijonov bu yilgi chempionatning bolalar o‘rtasidagi bahslarida mutlaq g‘olib deb topildi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.