FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 May 2022 2392

ShHT yigʻilishining soʻnggi delegatsiyasi kutib olindi

Ertaga boʻlib oʻtadigan ShHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari asosiy yigʻilishida ishtirok etuvchi soʻnggi delegatsiya poytaxtimizga keldi. ShHT Bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegatsiya I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Yuqori martabali mehmonlarni Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi. Poytaxtimizga safari davomida Chjan Min janoblariga tashkilot kotibiyatining 2-toifali eksperti Inchuan Fan, departamenti xodimi Xaynin Chjen va katta ekspert Nurali Irzayev hamrohlik qilishadi. Shu tariqa, tadbirda qatnashishi koʻzda tutilgan soʻnggi delegatsiya ham Toshkentga yetib keldi.

Maʼlum qilganimizdek, 20-may sanasida mazkur yigʻilishning asosiy tadbirlari tashkil etiladi. Shu bilan birga, Toshkentga kelgan delegatsiya vakillari Milliy Olimpiya qoʻmitasiga ham safar uyushtiradi. Bundan tashqari, mehmonlar Toshkent viloyatining sport infratuzilmasi bilan ham tanishishi rejalashtirilgan.

Text to speech