FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 May 2022 2146

ShHTga aʼzo davlatlar yigʻilishiga martabali mehmonlarning tashrifi davom etmoqda

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakat vakillarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishga tashrif buyurayotgan mehmonlar kelishda davom etmoqda. Bugun Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Oleg Matitsin, Qozogʻiston madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari Serik Jarasbayev rahbarligidagi delegatsiyalar poytaxtimizga yetib keldi.

Yuqori martabali shaxslarni Adham Ikramov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida iliq qarshi olishdi. Qayd etish joiz, mehmonlar boʻlajak yigʻilish tashkilot tomonidan olib borilayotgan rivojlanish strategiyalariga jismoniy tarbiya va sport sohasida salmoqli hissa qoʻshishini alohida taʼkidlashdi.

Ertaga boʻlib oʻtadigan asosiy yigʻilish kun tartibidan kelgusida rejalashtirilgan yuqori darajadagi sport musobaqalarini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish, ShHT davlatlari oʻrtasida sport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, davlatlar va hududlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Text to speech