FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 May 2022 2536

Avazjon Karimovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Qudratillayevich Karimov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Avazjon Karimov 1983-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016-yilda esa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasida boshlab, shu paytgacha Sportning qishki va murakkab texnik turlari va Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Chirchiq ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internati, Respublika OZKda turli rahbarlik lavozimlarida, qolaversa, Jismoniy tarbiya va sport vazirining hamda Turizm va sport vazirining oʻrinbosari sifatida samarali faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi sifatida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti, sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Avazjon Qudratillayevichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech