FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 May 2022 2224

Toshkent ShHTga aʼzo mamlakatlarning sport sohasidagi mutasaddilarini qarshi olmoqda

Maʼlum qilganimizdek, ertaga poytaxtimizda ShHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vazirlik va idoralari rahbarlarining yigʻilishi oʻz ishini boshlaydi. Ayni paytda ushbu tadbirda ishtirok etuvchi mehmonlarning Toshkentga tashrifi davom etmoqda.

Bugun Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jamankulov boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi. Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oʻtgan tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari qarshi olishdi.

Kecha tunda Pokiston viloyatlararo muvofiqlashtirish federal vaziri, mamlakat sport kengashi rahbari Ehson ur Rahmon Mazari boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi. Kun davomida yana bir qancha mamlakatlardan yigʻilish ishtirokchilari yetib kelishadi. Eslatib oʻtamiz, dastur doirasidagi asosiy tadbir 20-may kuni boʻlib oʻtadi.

Text to speech