FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 May 2022 2501

Ravshan Roʻziqulovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Roʻziqulov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ravshan Roʻziqulov 1985-yil 18-may kuni Toshkentda tugʻilgan. Sportchilik faoliyatida Doxa-2006 Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari sovrindori boʻlgan va jahon chempionatlarida ham bir necha bor yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. U kishining murabbiylik faoliyati terma jamoamiz tarixida keskin burilish yasadi deb bemalol ayta olamiz. 2019-yilgi jahon chempionatida “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni band etishdi. Mana shunday yuqori natijalar samarasi oʻlaroq Ravshan Roʻziqulov 2019-yil “Milliy sport mukofoti” tanlovida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ravshan Roʻziqulovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech